Alfonso Deyvis ispan grandiga o'tishi mumkin edi

2 iyun 2020, 23:06
"Bavariya" himoyachisi Alfonso Deyvis 2017 yilda "Barselona"ga ko'chib o'tishiga bir bahya qolgan.

Gap shundaki, kanadalik futbolchi MLS vakili "Vankuver"da o'ynab yurgan kezlari katalon klubi e'tiboriga tushib qolgan. Hatto ispan klubi skautlari Deyvisning o'yinini kuzatish uchun Kanadaga ham tashrif buyurishgan. Keyin Alfonsoni 8 mln evroga xarid qilish bo'yicha muzokaralar olib borilgan, ammo transfer amalga oshmagan.

Eslatib o'tamiz, 19 yoshli futbolchi o'tgan yilning yozida "Bavariya"ga (10 mln evro evaziga) ko'chib o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo