Aleksis Sanches Atletikoning bosh transfer maqsadiga aylandi

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2017, 23:25
Atletiko Arsenal hujumchisi Aleksis Sanchesni sotib olmoqchi.

28 yoshli Chili terma jamoasi a'zosi Madrid klubining bosh transfer nishoniga aylandi. Atletiko Sanchesni oldinroq xarid qilmoqchi bo'lgandi, o'shanda futbolchi Arsenalga o'tgandi. Yozda Madrid klubi yana taklif bilan chiqmoqchi. Sanches jamoani tark etishi kutilayotgan Antuan Grizmanning o'rnini egallashi mumkin.

Bu mavsumda Sanches APLda 20ta o'yinda 13ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com