Aleksandr Geynrix - "Navbahor" - "Paxtakor" o'rtasidagi o'yinlarda to'purar

Aslanov Jasurbek
7 apr 2021, 14:30
Bugun Superliganing markaziy uchrashuvida "Navbahor" va "Paxtakor" jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi.

Jamoalarning o'zaro o'yinlarida Geynrix 9 gol muallifi bo'lib ulgurgan.

O'zaro o'yinlarda eng ko'p to'p kiritgan futbolchi Aleksandr Geynrix hisoblanadi. U jami 9 marta namanganliklar darvozasiga gol urgan. Leonid Koshelev esa 7 to'p kiritgan. Shundan 3tasini "Navbahor", 4tasini "Paxtakor" safida kiritgan. Igor Sergeev hozircha bu raqib darvozasini 7 bor ishg'ol qilgan. "Sherlar"dan Igor Shkvirin, Anvar Soliev, Zayniddin Tojiev va Odil Ahmedov 4tadan to'p kiritgan. "Navbahor"dan Shuhrat Mirxoldirshaev hisobida 4, Oleg Shackix hisobida 3 gol mavjud. Koshelevdan tashqari Vadim Kotelnikov ham har ikki jamoa safida gol urishga erishgan.

"Navbahor" bilan o'zaro o'yinlar to'purarlari

9 - Aleksandr Geynrix

7 - Leonid Koshelev, Igor Sergeev

4 - Igor Shkvirin, Anvar Soliev, Zayniddin Tojiev, Odil Ahmedov, Shuhrat Mirxoldirshaev.

3 - Oleg Shackix.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати