Aleksandr Geynrix: "Mustaqillik bayrami bilan barcha vatandoshlarimni tabriklayman"

Narzulla Saydullayev
1 sen 2013, 09:12
Qozog'iston chempionligini qo'lga kiritishga yaqin turgan hamyurtimiz Aleksandr Geynrix, ona vatanimizning bugungi ulug' bayrami bilan vatandoshlarimizni tabriklaydi:
- Afsuski bugun O'zbekistonda emasman, yoshligimizda mustaqillik bayrami kuni otiladigan mushakbozlikni juda ham miriqib tomosha qilar edim. Bugun xalqimizni katta bayrami va u bilan barcha-barchangizni tabriklaymiz. Shu fursatdan foydalanib 6 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasiga omad tilayman! Yigitlar, men sizlar bilan!


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia