Aleksandr Geynrix ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Narzulla Saydullayev
17 sen 2014, 17:56
Tartib intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Oliy liga

Lokomotiv hujumchisi Aleksandr Geynrix 19-turda Andijonga qarshi o'yinda raqib oyog'iga atayin zarba bergani uchun 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi jarimaga tortildi.

Yoshlar ligasi

Paxtakor yarim himoyachisi Sherzod Karimov 18-turda Olmaliqqa qarshi o'yinda uchrashuv to'xtatilgan vaqtda raqibga zarba bergani uchun 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi jarimaga tortildi.

Birinchi liga

Xorazm himoyachisi Mamur Abdullaev 5-turda Uz-Dong-Juga qarshi o'yinda raqib boshiga atayin kuchli zarba bergani uchun 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi jarimaga tortildi.

Zomin bosh murabbiyi A. Umarov 5-turdan o'rin olgan Istiqlolga qarshi o'yin tugaganidan so'ng hakamlar brigadasini haqoratlagani uchun jarimaga tortildi.

Oqtepa yarim himoyachisi Sergey Rekun 7-turda Sherdorga qarshi o'yinda hakamni haqoratlagani uchun 3ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi jarimaga tortildi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz