Alba: "Messiga qarshi o'ynashni istamayman"

Mirjalol Normatov
12 iyun 2018, 15:25
Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Jordi Alba jahon chempionatida Argentina termasiga qarshi o'ynashni istamasligini aytdi.

"Chorak finalda Argentina va Messiga qarshi o'ynash? Ularga qarshi o'yinda qatnashishni istamayman, chunki Messining qanday darajada ekanligini bilaman. U birga bir holatlarda barchani aldab o'ta oladi, bu bizga qiyinchilik tug'diradi. Argentina - qiyin raqib, biroq natijani oldindan aytib bo'lmaydi", - dedi Alba.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana