Alaba uchun asosiy da'vogar nomi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
27 dek 2020, 12:46
"Bavariya" himoyachisi David Alaba uchun asosiy da'vogar "Real" bo'lib turibdi, deb yozadi "The Athletic"

Qayd etish kerak, futbolchining qishdayoq "qirollik klubi"ga ko'chib o'tishi iddao qilinmoqda. Alaba uchun shuningdek, yana to'rt klub kurash olib bormoqda. Ammo faqatgina "Real" himoyachini qishda sotib olish uchun tayyor turibdi.

Ushbu mavsumda avstriyalik futbolchi barcha turnirlarda 18 o'yinda 1 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic