"Al Sadd" yetakchisi uch oyga safdan chiqdi

Xayrulla Xoliqov
20 fev 2020
Qatarning "Al Sadd" klubi OCHL 2-turida g'alaba qozondi.

Eronning "Sepaxon" klubiga qarshi bahs olib borgan dohaliklar 3:0 hisobida zafar quchishdi. Lekin bu o'yinda "Al Sadd" uchun noxush voqea ro'y berdi. Jamoa yetakchilaridan biri Hassan Al Haydos jarohat olib o'yinni oxirigacha etkaza olmadi. 

Mazkur bahsda ikkita gol urgan Al Haydosning jarohat sabab uch oyga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi. Endilikda "Al Sadd" navbatdagi uchrashuvlarni 29 yoshli hujumchisisiz o'tkazadi. 

Shuningdek, Hassan Al Haydos mart oyida bo'lib o'tadigan JCH saralash bahslarida Qatar milliy terma jamoasiga yordam bera olmaydi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com