Akbar To'raev bugun "CA"da Kolumbiya - Kot-d'Ivuar uchrashuvini tomosha qiladi

Nadirkhuja Yuldashev
19 iyun 2014, 13:20
JCH ham ayni qizigan pallasiga kirdi. Endi tahlil qilishga arzigulik voqealar bor.
Bugundan boshlab saytimizga futbol vakillarini taklif qilamiz.

Ilk mehmonimiz, joriy mavsumning kashfiyoti bo'layotgan "Bunyodkor" posboni Akbar To'raev.

O'yindan avval Akbarning JCHga oid fikrlari bilan o'rtoqlashamiz. Keyin birgalikda uchrashuvni tomosha qilamiz. Orada muxlislardan kelgan savollarga javob olamiz. Siz aynan shu ma'lumot tagiga To'raev uchun savollarni yo'llashingiz mumkin. Eng yaxshi 10ta savol javobi o'z egasini topadi. Darvozabon tomonidan "Eng yaxshi" deb topilgan savol muallifiga esa Akbar To'raevning dastxati tushirilgan "FIFA.uz" futbolkasi topshiriladi.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia