AGMK jamoasi Turkiyaga yetib keldi

Alisher
5 fev 2022, 18:43
Yangi mavsumga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun AGMK jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inini asosiy hal qiluvchi qismini Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettiradi.

Toshkentda 5 yanvar kuni to'plangan va 2 hafta davomida Toshkentdagi Tadjiev Start futbol maktabiga qarashli sun'iy qoplamali maydonda shug'ullangan hamda jismoniy holatini optimallashtirish BAAda yig'in o'tkazib qaytgan AGMK tayyorgarlik rejasini hal qiluvchi muhim bosqichini Antaliyada o'tkazadi.

Bugun ertalab jamoa charter reys orqali Toshkentdan Antaliya shahriga uchib keldi.

Ikki hafta (5 - 20 fevral) davomida Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga qizg'in taraddud ko'radigan AGMK yig'in doirasida bir qator nazorat o'yinlarini o'tkazishni rejalashtirgan. Uchrashuvlar sanasi va bo'lajak raqiblar haqida keyinroq batafsil ma'lumot beriladi.

AGMK Antaliyadagi Royal Seginus mehmonxonasida istiqomat qiladi.

Antaliyadagi yig'inga AGMK jamoasi to'liq tarkibda yo'l oldi. O'tgan yig'inda qatnasha olmagan Valijon Rahimov va Abdulla Abdullaev milliy jamoadan AGMK ixtiyoriga qaytib, mazkur yig'inga jamoa bilan birgalikda keldi. Shuningdek, o'tgan yig'inga jalb etilgan Jalolov va Sobirov o'rniga yosh futbolchilar Murot Ermatov va Sardor Abdunabiev jalb etildi.

AGMKning dastlabki mashg'uloti bugun Toshkent vaqti soat 20:30da boshlanadi.


Antaliyadagi yig'inga yo'l olgan AGMK delegaciya tarkibi:


Murabbiylar shtabi

Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov

Katta murabbiy: Aleksandr Volkov

Yordamchi murabbiy: Hikmat Ergashev

Fitness murabbiy: Xayrulla Karimov

Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy: Marat Axmerov

Darvozabonlar murabbiyi: Pavel Bugalo

Tahlilchi: Vitaliy Lushachev

Matbuot kotibi: Shahboz Beg'amov

Jamoa mamurlari: Ruslan Shaymardanov / Sherzod Yunusov

Shifokor: Islom Abaev

Massajchilar: Abdull Rizboev / Nurbek Jo'raev

Operator: Sherzod Boyirov


Jamoa futbolchilari

Darvozabonlar: Valijon Rahimov, Botirali Ergashev, Jamoliddin Hikmatov.

Himoyachilar: Dilshod Ahmadaliev, Mirg'iyos Sulaymonov, Sardor Rahmonov, Andrey Mishenko, Anzur Ismoilov, Iskandar Bo'sinov, Akrom Komilov, Murat Ermatov.

Yarim himoyachilar: Sanjar Tursunov, Abdulla Abdullaev, Mirjamol Qosimov, Murod Toshmatov, Nodir Abdurazzoqov, Ixtiyor Xolmo'minov, Sardor Abdunabiev, Shohruh Gadoev, Xurshid G'iyosov, Alisher Jalilov.

Hujumchilar: Zafar Polvonov, Aleksandr Kasyan, Martin Boake.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: АГМК матбуот хизмати