Agar Fransiya sovrinli o'ringa ega chiqsa, Benzemaga medal beriladi

Mirjalol Normatov
27 noya 2022, 17:35
Agarda Fransiya medallarni qo'lga kiritsa, Karim Benzema ham unga ega chiqadi.

Eslatib o'tamiz, "Real" hujumchisi milliy jamoa tarkibida jarohat olib, JCH-2022 arafasida safdan chiqqandi. Shu sababli u terma ixtiyorini tark etdi.

FIFA matbuot xizmati Karim Benzemaning o'rniga hech kim chaqirilmaganini ma'lum qildi. Shu boisdan Karim termasi tarkibida qoldi. Bu esa agarda terma sovrinli o'rinlardan biriga ega chiqsa, medallardan biri Karim Benzemaga taqdim etiladi degani.

Eslatib o'tamiz, Fransiya termasi guruhda Avstraliya va Daniyani mag'lub etib, pley-off yo'llanmasini hal qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal