Afrikaning eng boy odami "Arsenal"ni sotib olmoqchi

Alisher
14 yanv 2020, 16:15
Afrikalik milliarder Aliko Dangote Londonning "Arsenal" klubi akciyalarini 2021 yilda sotib olishni o'ylab turibdi.

"Bu men bir kun kelib xarid qilmoqchi bo'lgan klub. Ammo, hozirda barcha loyihalarim bilan shug'ullanishni rejalashtirmoqdaman.

Bu ishni 2021 yilda tugatganimda, "Arsenal"ni sotib olish haqida o'ylashim mumkin", - deydi Dangote.

Xabar berilishicha, 62 yoshli nigeriyalik "Arsenal"ning muxlisi hisoblanadi.

APL TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail