A Seriya. VAR tufayli 3ta gol hisoblanmagan bahsda "Inter" g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
23 sen 2018, 01:38
A Seriyaning 5-turida "Inter" "Sampdoriya" mehmoni bo'ldi.

Ushbu bahsda hakam 3ta golni hisobga olmadi. Har safar referiga VAR tizimi yordam berdi. Videoassistent tizimi orqali "Inter"ning 2ta, "Sampdoriya"ning 1ta goli hisobga olinmadi. Uchrashuv oxirida urilgan Brozovichning goli Milan jamoasiga 3 ochko taqdim etdi.

"Sampdoriya" – "Inter" 0:1 (0:0, 0:1)

Luiji Ferraris

Gol: 0:1 – 90 Brozovich.

"Sampdoriya": Audero, Tonelli, Murru, Bereshinski, Andersen, Prat (Barreto, 59), Ekdal, Ramires (Sala, 90), Linetti (Yankto, 59), Kualyarella, Defrel.

"Inter": Xandanovich, Miranda, Shkrinyar, D`Ambrozio, Asamoa, Vesino, Brozovich, Nainggolan (Valero, 83), Kandreva (Keyta Balde, 70), Politano (Perishich, 60), Ikardi.

Ogohlantirishlar: Linetti (6), Miranda (20), Valero (90), Defrel (90), Tonelli (90).

A Seriya turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia