A Ceriya. “Roma” o'z maydonida “Inter”ni mag'lub eta olmadi

3 dek 2018, 07:00
Italiya chempionati 14-turidan o'rin olgan “Roma”-“Inter” bellashuvi yakuniga etdi.

O'yinda 2:2 hisobi qayd etildi. “Inter” safida Balde Keyta va Mauro Ikardi o'z hisobiga bittadan gol yozib qo'ydi. Mezbon “Roma” safida esa Jengiz Under hamda Aleksandr Kolarov o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishga erishdi.

“Roma” – “Inter” 2:2
Gollar: 0:1 – 37 Balde Keyta, 1:1 – 51 Under, 1:2 – 66 Ikardi, 2:2 – 74, penalti Kolarov.
Roma – Olsen, Santon (Klyuyvert, 69), Manolas, Jezus, Kolarov, Kristante, Nzonzi, Under (Pastore, 83), Dzanolo (Perotti, 77), Florenci, Shik.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, de Vrey, Shkrinyar, Asamoa, Valero (Vesino, 80), Brozovich, Joau Mariu, Balde (Politano, 62), Ikardi, Perishich (Martines, 80).
Ogohlantirishlar: Asamoa (48), Kolarov (79).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia