27:0 hisobidagi g'alaba bosh murabbiyning iste'fosiga sabab bo'ldi

Mirjalol Normatov
17 noya 2019, 13:29
Italiyaning "Inviktasauro" yoshlar jamoasi bosh murabbiyi o'z lavozimidan ozod qilindi.

Buning sababi - 27:0 hisobidagi g'alaba. "Inviktasauro" prezidenti Paolo Brogelli bunday hisob raqib jamoa "Marine Kalcho" uchun qattiq hurmatsizlik deb hisobladi va shunday qarorga keldi.

"Ushbu hisobni eshitib, yoqa ushladik. Bunday holat takrorlanganidan afsusdaman. Bu yoshlar futboliga bo'lgan hurmatsizlikni bildiradi. Klub rahbariyati bosh murabbiy Richchinini iste'foga chiqarishi borasida qaror qabul qildi. Murabbiylar yoshlarni nafaqat shug'ullantirish, balki ularni tarbiyalashi ham kerak", - dedi Brogelli.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia