2021 yilgi Amerika Kubogi Braziliyada bo'lib o'tadi

Aslanov Jasurbek
31 may 2021, 20:12
2021 yilgi Amerika Kubogi qaysi mamlakatda o'tkazilishi ma'lum bo'ldi.

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (CONMEBOL) musobaqa Braziliyada bo'lib o'tishini ma'lum qildi. Amerika Kubogi belgilangan muddatda - 11 iyundan 10 iyulgacha bo'lib o'tadi.

Musobaqa o'yinlari o'tkaziladigan stadionlar haqida keyinroq ma'lumot beriladi.

Eslatib o'tamiz, dastlab turnirga Kolumbiya va Argentina mezbonlik qilishi kerak edi, ammo Kolumbiyadan mamlakatdagi siyosiy vaziyat tufayli, Argentinadan esa pandemiya sababli musobaqa mezbonligi olib qo'yildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif