2001-2005 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasidagi Respublika chempionati 15 sentyabrda boshlanadi

Narzulla Saydullayev
30 avg 2018, 15:58
Bolalar futboli bo'yicha 5ta yosh toifasida har yili o'tkaziladigan Respublika musobaqasiga bundan buyon O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi homiylik qilishi haqida xabar bergan edik.

O'zbekiston yoshlar va o'smirlar terma jamoalari uchun selekciya ishlarini sifatli olib borish maqsadida, 2001 va 2005 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi navbatdagi Respublika musobaqasiga joriy yilning 15 sentyabr kuni start beriladi. Ushbu musobaqada Assotsiatsiya eng sara futbolchilarni ishtirokini taminlab, eng yaxshi futbolchilarni saralab olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Musobaqa davomida futbolchining yoshi kichraytirilgani to'g'risidagi ma'lumot aniqlanadigan bo'lsa, shu ish bilan shug'ullangan murabbiy va mazkur ishni tepasida bo'lgan xodimlar haqida maxsus idoraga xabar beriladi.

Quyida Respublika musobaqalari tashkil etiladigan sanalar bilan tanishishingiz mumkin:

- 2001 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida – 15-20 sentyabr;
- 2002 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida – 25-30 sentyabr;
- 2003 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida – 20-25 oktyabr;
- 2004 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida – 8-13 oktyabr;
- 2005 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida – 5-10 noyabr.

Eslatib o'tamiz, barcha o'yinlar Toshkent shahrida o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz