1990 yillarning eng yaxshi TOP-10 murabbiyi aniqlandi

Khoja
27 yanv 2024, 12:18
FourFourTwo nashri o'n yilliklarning eng yaxshilarini aniqlashda davom etmoqda.

Bu safar Britaniya nashri 1990 yillarning eng yaxshi murabbiylar reytingini tuzib chiqdi. Reytingga ko'ra 90 yillarning eng yaxshi murabbiyi “Manchester Yunayted” afsonasi Ser Aleks Fergyuson etirof etildi. Ikkinchi o'rindan Yoxan Kruiff joy olgan bo'lsa, kuchli uchlikni italiyalik mutaxassis Fabio Kapello yakunlab bergan.

To'liq ro'yxat quyidagicha ko'rinishda:

1. Ser Aleks Fergyuson.

2. Yoxan Kruiff.

3. Fabio Kapello.

4. Lui van Gal.

5. Franc Bekkenbauer.

6. Arsen Venger.

7. Marchello Lippi.

8. Ottmar Xitcfeld.

9. Karlos Alberto Parreyra.

10. Eme Jake.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: FourFourTwo