Shoshilinch xabar: "Barselona" bugun maydonga tushmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
1 okt 2017, 15:36
Ayni damda Kataloniya mustaqilligi uchun ovoz berish jarayoni bo'lib o'tmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, saylovchilar ovoz berayotgan maktablarning birida otishma yuz bergan va 4 kishi jarohatlangan. Hujum qilgan shaxs pnevmotik quroldan foydanalgani e'lon qilinmoqda.

Kataloniyadagi vaziyatni hisobga olgan "Barselona" klubi LaLigadan bugun Toshkent vaqti bilan 19:15da boshlanadigan "Las-Palmas"ga qarshi bahsni bekor qilib, uni boshqa muddatga ko'chirishni so'ragan. Tez orada LaLiga rahbariyati bu so'rov borasida o'z javobini e'lon qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Cope