

"Har bir raqibning oldingi o'yinlarini ko'rib chiqib uni o'rganamiz. Mashg'ulotlar ham raqib o'yiniga qarab o'zgarib turadi. Bizning yo'qotadigan narsamiz yo'q. O'tgan 3ta o'yinda yutqazdik, lekin shogirdlarimga hech qanday etirozim yo'q. Birinchi davra oxirigacha shu tarkib bilan o'ynaymiz, hozircha hech nimani o'zgartira olmaymiz. O'z maydonimizda o'ynar ekanmiz, albatta ko'proq hujumga o'tishga urinamiz. O'z muxlislarimiz qarshisida "Bunyodkor"ni mag'lub etishga urinamiz", - deydi Zoir To'raqulov.
"Sho'rtan" matbuot xizmati


