
- Eng avvalo bugun “Bunyodkor” bilan o'yinda g'alabaga teng durangga erishganligimiz bilan yigitlarni tabriklayman va o'z navbatida bizni qo'llab turgan muxlislarga rahmat aytaman.
Navbatdagi uchrashuvlarga ham har doimgidek jiddiy tayyorgarlik olib boramiz va oldimizda turgan eng muhim masala - oliy ligada o'z o'rnimizni saqlab qolish vazifasini uddalaymiz. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas.
Qo'lga kiritilgan ochko shogirdlarimning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko'rsatishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi.
- Biz ortda qolgan so'nggi uchrashuvlarda o'yin sifati borasida raqiblarimizdan qolishmasak-da, muvaffaqiyatsizlikka uchrab kelayotgan edik. Garchi, bugun o'z maydonimizda durang qayd etsak-da, “Bunyodkor”dan ochko tortib olishimiz, jamoamizning omadsizlik girdobidan chiqib ketishiga juda katta turtki berishi shubhasiz.Navbatdagi uchrashuvlarga ham har doimgidek jiddiy tayyorgarlik olib boramiz va oldimizda turgan eng muhim masala - oliy ligada o'z o'rnimizni saqlab qolish vazifasini uddalaymiz. Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas.