Zlatan Ibragimovich: "Balki qaytarman. Bir oydan so'ng "Milan" yig'inida bo'lishim mumkin"

Aslanov Jasurbek
27 iyun 2023, 00:12
Zlatan Ibragimovich "Milan" muxlislari uning qaytishini xohlayotganidan xursand.

41 yoshli forvard 2022/23 mavsum oxirida faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qilgan edi.

"Odamlar meni "Milan"da ko'rishni istayotganidan faxrlanaman, mayli boshqa vazifada bo'lsin.

"Milan" qalbimda qoladi. Bu klub bilan boshdan kechirganlarim doimo yodimda.

Ayni damda hech qaerga shoshayotganim yo'q. Ko'ramiz, buyog'iga nima bo'lar ekan. Endigina 3 hafta o'tdi. Kim biladi, balki maydonga qaytarman. Bir oydan so'ng "Milan" yig'inida bo'lishim mumkin" - deydi Ibragimovich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Mediaset