OPL. "Sabah"dan navbatdagi g'alaba, Rahmonalievda esa 90 daqiqa

Alisher Ostonov
31 yanv 2026
Ozarbayjon Premer-ligasi 18-tur doirasidagi "Zira" - "Sabah" o'yini bo'lib o'tdi.

Mehmonlar safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev o'yinni asosiy tarkibda boshladi va to'liq harakat qildi. Bahs "Sabah"ning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

"Sabah" 18-turdan so'ng 43 ochko bilan turnirda yetakchilik qilmoqda. Eng yaqin taqibchi bo'lmish "Qorabog'"da 36 ochko (bitta o'yin kam).






Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia