Zidanga "Lion" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
15 mar 2019, 20:13
"Lion" yarim himoyachisi Nabil Fekir faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

"Daily Record" xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchining transferini Zinedin Zidan istamoqda.

U bu borada "Real" rahbariyatiga murojaat bilan chiqqan. Fekirning transfer summasi 70 million evroga baholanmoqda.

Francuz 2013 yildan buyon "Lion" sharafini himoya qilib kelmoqda. U ushbu mavsumda 30 o'yinda 12 gol urdi va 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Record