Zidan "Real"dan ketish qarori haqida: "Madridda 20 yilni o'tkazish eng chiroyli narsa bo'lgandi"

Alisher
31 may 2021, 14:56
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan o'z lavozimidan ketish qarori haqida gapirdi.

"Men "Real"ning talablarini tushunaman. Agar siz yutmasangiz, ketishingiz kerak. Men mashg'ulotlardan charchamadim. So'nggi oylarda klub va prezident bilan munosabatlarim biroz boshqacha bo'lishini xohlagandim.

Madridda 20 yilni o'tkazish hayotimda sodir bo'lgan eng chiroyli narsadir", - deydi Zidan.

"Real" 2020/21 yilgi mavsum yakuniga ko'ra Ispaniya chempionatida ikkinchi o'rinni egalladi. Francuz 27 may kuni klubdan ketish qarori haqida ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS