Zidan rahbariyatdan MYU futbolchisining transferini talab qilmoqda

Mirjalol Normatov
8 dek 2020, 23:15
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanga rahbariyat tomonidan shart qo'yildi.

"AS" xabariga ko'ra, klubdagilar mutaxassisdan "Manchester Yunayted" futbolchisi Pol Pogba hamda "Renn" xavbeki Eduardo Kamavingadan birini tanlashini aytgan. Fransiyalik murabbiyga esa Pol Pogbaning o'yinlari yoqadi va aynan uni "Real"ga olib kelinishini istamoqda.

Yozilishicha, MYUda katta maosh olayotgan Pogbaga "Real" kamida 16 mln evro maosh bersagina u Ispaniyaga o'tishi mumkin. Kamavinga esa Fransiyada yiliga 2 mln evro maosh olmoqda.

Ushbu mavsumda Pogba APLning 8 o'yinida 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As