Zidan Mourinyudan o'zib ketdi

2 fev 2020, 07:24
La Liga 22-turida “Real” o'z uyida “Atletiko” (1:0)dan ustun keldi.

Bu qirollik klubi bosh murabbiy Zidanning jamoa rulida 129-g'alabasi sifatida qayd etildi. “Real” bilan qo'lga kiritilgan g'alabalar soni bo'yicha u Joze Mourinyu (128 g'alaba)ni ortda qoldirib, uchinchi pog'onaa ko'tarildi. 

Zidan  bu borada “Real”ni boshqargan murabbiylar orasida Visente Del Boske (133 g'alaba) va Miel Munos (357) dan keyingi o'rinda bormoqda.

Zidan madridliklar ustozi sifatida 192 ta uchrashuvda jamoani maydonga boshlab tushdi. Ushbu uchrashuvlarning 67,1% da qirollik klubi g'olib chiqqan. Uning qo'li ostida jamoa har bir o'yinda o'rtacha 2,4 ta gol kiritmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Реал" ФК расмий сайти