Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarishi mumkin

Tolibjon Qosimov
17 may 2018, 18:44
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarishi mumkin.

U kelajakda Dide Deshamni almashtirishi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Zidan "Qirollik klubi" bilan oxirgi ikki mavsumda Chempionlar ligasini qo'lga kiritdi. Agar jamoa 26 may kuni Kievda "Liverpul"ni engsa buni uchinchi bor uddalashi mumkin.

"Real" LaLigani uchinchi pog'onada yakunlaydi va "Barselona"dan 15 ochko ortda qolib ketgan. Agar klub YCHL g'olibligini qo'lga kirita olmasa, mavsum sovrinsiz o'tgan bo'ladi. Bu esa Zidanning kelajagini so'roq ostida qoldiradi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: elconfidencial.com