
"Asosiy tarkibda kim maydonga tushishini aytmayman - Isko yoki Beyl. 22 futbolchi orasidan qaror qabul qilishim kerak. O'yin qaydnomasiga kirmaydiganlar ham bo'ladi. Aynan shunisi eng qiyini. Murabbiy nima qilishini biladi, ammo men qarorim haqida aytmayman. Bundan tashqari, Beyl va Isko bir vaqtning o'zida maydonda bo'lishi mumkin" - deydi Zidan.
"Real" va "Yuventus" o'rtasidagi Chempionlar ligasi final uchrashuvi 3 iyun kuni Kardiffda bo'lib o'tadi.