Zidan: “Azar o'sha harakati uchun kechirim so'rab bo'lgan, bu endi o'tmishda qoldi”

Eldor Akmurzayev
8 may 2021, 21:50
“Real” ustozi Zinedin Zidan YCHL 1/2 finalidan o'rin olgan “Chelsi”ga qarshi javob bahsidagi mag'lubiyatdan keyin Eden Azarning harakatiga munosabat bildirdi.

“Azar allaqachon bo'lib o'tgan voqea uchun uzr so'ragan. U hech kimni xafa qilmoqchi emas edi, uning o'zi ham shunday dedi. Eden “Real” futbolchisi va “Real”da o'ynashda davom etadi. U bilan suhbatlashdik. U bo'lib o'tgan holatni men, jamoadoshlari va rahbariyat bilan muhokama qildi. Endi bu o'tmishda qoldi”, deydi Zidan.

Avvalroq, “Real” belgiyalik vingerni 50 mln evroga sotmoqchiligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca