Zidan: "Azar mashg'ulotlarga qaytdi, ammo hali umumiy guruhda ishlamayapti"

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2020, 18:45
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa yarim himoyachilari Eden Azar va Garet Beyl holati haqida gapirdi.

"Azara hozircha uchrashuvlarda ishtirok eta olmaydi. U mashg'ulotlarga qaytdi, ammo umumiy guruhda ishlamayapti. Shu haftada uning holatiga yana bir bor baho beramiz.

Beyl haqida to'xtaladigan bo'lsak, u haqida ertaga qaydnoma chiqqanida bilib olasiz. Klubda bazi narsalar sodir bo'lmoqda, ammo men bular borasida gapirish uchun "Real"ga kelmaganman. Garet deyarli ideal holatda" - deydi Zidan.

"Real" ertaga "Saragosa"ga qarshi bahs o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca