Jinyak va Jeje "Marsel" bazasida yoqalashishdi

Aslanov Jasurbek
1 noya 2014, 17:22
"Marsel" futbolchilari Andre-Per Jinyak va Brays Ja Jeje jamoa bazasida mashg'ulot boshlanishidan oldin janjal uyushtirishdi.

Jeje Jinyak bilan salomlashishdan bosh tortadi va Andredan bir musht qabul qilib oladi. Jamoadoshlari ularni ajratib olishadi. Birozdan so'ng bu ikki futbolchi jamoa sardori Stiv Mandanda bilan yuz bergan voqea borasida gaplashib olishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com