Gonduras Ekvadorga qarshi bahs olib borsa, Fransiya Shveytsariya bilan bellashadi.
Shveytsariya va Fransiya hozircha “E” guruhining yetakchilari bo'lib turishibdi. Chunki har ikkala jamoa ham o'tgan turda g'alaba qozondi. Shunday ekan, bugun tunda bo'lib o'tadigan o'zaro bahs guruhdan kimning chiqishini aniqlab bersa ajab emas. Musobaqa boshlanmasidan oldinoq mazkur guruhdan shu ikki jamoaning chiqishi taxmin qilingandi. Dastlabki turda har ikki jamoa o'z o'yinini ko'rsatgan holda zafar quchdi. Ayniqsa, Shveytsariyaning g'alabasi bugungi o'yinga bo'lgan qiziqishni yanada oshirib yubordi.
Avvalgi uchrashuvda Ottmar Xitcfeld ko'pchilik taxmin qilgan tarkibni maydonga tushirdi. Keyin esa ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan Mexmedi va Seferovich kabi futbolchilar jamoa o'yinini yanada kuchaytirishdi, qolaversa gol ham urishdi. Bugungi bahsda ham Xitcfeld o'zining eng kuchli tarkibini maydonga tushirmoqchi. Faqat asosiy tarkibda Seferovich o'ynaydimi yoki Drmich, shu savol ochiqligicha qolmoqda.
Fransiya esa Gonduras ustidan osonlik bilan g'alaba qozondi. Lekin bugungi o'yinda Desham sal boshqacha tarkibni tushirsa kerak. Chunki navbatdagi raqib anoyilardan emas. Bundan tashqari, Gonduras bilan o'yindagi 3:0 hisobi Fransiyaning ham kuchli ekanligini ko'rsatib berdi. Lekin ular shu kuchni Shveytsariyaga qarshi ko'rsata olishadimi? Buni esa bugungi bahs ko'rsatib beradi. Riberining o'rinbosari sifatida etirof etilayotgan Grizmanga negadir murabbiy tomonidan kam e'tibor berilyapti. Bu futbolchi yana zaxirada qolsa kerak. Shuningdek, Kabella bilan Remi ham asosiy tarkibda tushmasligi mumkin.
JCH-2014. “E” guruhi. 2-tur
SHVEYTSARIYA - FRANSIYA
Salvador. “Fonte-Nova” stadioni.
Bosh hakam: Born Keypers (Gollandiya)
Taxminiy tarkiblar
Shveytsariya: Benalo - Lixtshtayner, Juru, fon Bergen, Rodriges - Inler, Berami - Shakiri, Jaka, Mexmedi - Drmich
Fransiya: Loris - Debyushi, Varan, Saxo, Evra - Matuidi, Pogba, Kabay - Valbuena, Grizmann - Benzema
Ottmar Xitcfeld (Shveytsariya termasi bosh murabbiyi):
“Fransiyaning ojiz nuqtasini topish qiyin masala. Men 13 yildan beri shu savolning javobini topishga harakat qilaman. Biz himoyada juda chuqur va bir tekis o'yin ko'rsatishimiz kerak. Qolaversa, har bir imkoniyatdan foydalanishimiz shart. Butun jamoa bo'lib hujumga o'tish esa naf bermaydi deb o'ylayman”.
Dide Desham (Fransiya termasi bosh murabbiyi):
“Gondurasga qarshi qanday o'ynagan bo'lsak, bu safar ham shunday harakat qilmoqchimiz. Shveytsariyaning hujum chizig'i kuchli, qolaversa ularda mahoratli futbolchilar etarlicha topiladi”.
O'zaro uchrashuvlar - 36 o'yin: +12=9-15 58:62
Oxirgi uchrashuv: 13.06.2006. Fransiya - Shveytsariya 0:0
Qiziqarli faktlar
- Shveytsariya rasmiy bellashuvlarda Fransiyani umuman mag'lub etmagan.
- Jamoalar o'rtasidagi oxirgi uch uchrashuv durang bilan yakun topgan.
- Shveytsariya termasi 2012 yilning may oyidan beri faqat bir marta yutqazdi.
- Fransiya jahon chempionatlari tarixida faqat bir marta ketma-ket ikki uchrashuvda g'alaba qozongan (1998 yil).
X.Xoliqov tayyorladi.