JCH-2014 oldidan. Del Boske biroz kutib turinglar deyapti

Narzulla Saydullayev
25 may 2014, 18:30
“Everton” futbolchisi Xerar Delofu Ispaniya terma jamoasi yig'iniga taklif etildi.
Ispanlar Boliviyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishadi. Terma jamoa bosh murabbiyi Visente del Boske jahon chempionatiga boradigan yakuniy ro'yxatni e'lon qilishga shoshilmayapti.

“Endi biroz kutib turasizlar, 2 iyungacha hali vaqt bor va shundan so'ng yakuniy tarkibni aytaman, - deydi taniqli murabbiy. - Delofeu bu mavsumni yaxshi o'tkazdi va u terma jamoadan o'rin olishga haqli. Men bu hujumchiga ishonaman”.  

Ispaniya termasi o'zining navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 30 may kuni Boliviyaga qarshi o'tkazadi. Bahs Sevilyada bo'lib o'tadi. Bosh murabbiy mazkur bahsga quyidagi futbolchilarni taklif qilgan.

Darvozabonlar: Pepe Reyna, David de Xea
Himoyachilar: Xerar Pike, Raul Albiol, Xordi Alba, Cezar Aspilikueta, Alberto Moreno
Yarim himoyachilar: Xavi, Xavi Martines, Andres Inesta, Serxio Buskets, Santi Kasorla, Ander Iturraspe, Xuan Mata, David Silva.
Hujumchilar: Pedro Godriges, Fernando Torres, Xerar Delofeu.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia