JCH-2014. Belgiya termasi uchinchi darvozabonni almashtirdi

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2014, 08:47
Zyulte-Varegem darvozaboni Semmi Bossut Belgiyaning JCH-2014 uchun ro'yxatiga kiritildi.
28 yoshli posbon jarohat olgan Kun Kastelsning o'rnini egalladi.

Belgiya termasining qolgan ikki darvozaboni: Tibo Kurtua (Atletiko / Chelsi) va Simon Minole (Liverpul).

Eslatib o'tamiz, terma jamoalar jarohat olgan futbolchilarni JCH-2014 boshlanishiga bir kun qolganida almashtirishlari mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru