Zepp Blatter: "FIFAning 50 foiz daromadi Osiyo hisobidan"

Narzulla Saydullayev
6 may 2013, 17:38
FIFA Prezidenti Zepp Blatter OFK ning navbatdagi 25 – majlisida so'zga chiqib, FIFA ning 1 milliard AQSH dollari atrofidagi daromadining 50% Osiyolik homiylar va teleuzatuvchilar hissasiga to'g'ri kelishini ta'kidladi.
FIFAga eng ko'p daromad keltirishiga qaramay, Osiyo FIFA musobaqalarida, ayniqsa Jahon Chempionatida juda kam o'ringa ega bo'lib kelmoqda.
 
Bu masala yuzasidan Blatter, yig'ilish delegatlariga, FIFA dan ko'proq o'rin talab qilishlarini tavsiya etdi.

“Balki biz ko'p o'zgarishlar qilishimiz kerak emasdir, ammo bizning, sizning bunga haqqingiz bor, va ushbu holatni muhokamaga kiritish mening burchim va vazifamga kiradi,” dedi Blatter Yevropa va Janubiy Amerika qitalarining jahon futbolidagi hukmronligiga nisbatan fikr bildirib.

 
Qobiljon Babaev tayyorladi

Narzulla SaydullayevMuallif