"Yuventus" Vlaxovich sotiladigan bo'lsa, "Sevilya" hujumchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Administrator
10 iyul 2023, 00:08
Yussuf En-Nesiri "Yuventus"ga o'tishi mumkin.

"Yuventus" klubi hujumchi Dushan Vlaxovich jamoadan ketgan taqdirda, unga o'rinbosar topib qo'ydi. Turin klubi agar Vlaxovichni sota olsa, uning o'rniga "Sevilya" hujumchisi Yussuf En-Nesirini sotib oladi. Marokashlik futbolchining transfer summasi 30 mln evroga baholangan. Biroq, ispan klubi ayni damda moliyaviy qiyinchiliklar girdobida. Shundak ekan, Yussuf En-Nesirining narxini tushirish imkoni mavjud. 

"Yuventus"ga En-Nesirining jismoniy ko'rsatkichlari va jamoaviy o'yindagi foydali harakatlari maqul kelmoqda. 

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda Yussuf En-Nesiri La Ligada 31 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urishni uddaladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport