"Yuventus" Ronalduga taklif qilayotgan shartnoma shartlari ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
6 iyul 2018, 20:32
"Yuventus" "Real" futbolchisi Krishtianu Ronalduga taklif qilayotgan shartnoma shartlari ma'lum bo'ldi.

Bu haqda italiyalik jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. 

"Ayni damda tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda. Aytilishicha, Krishtianu "Yuventus"ga o'tishga rozilik berib bo'lgan.

Kelishuv 4 yilga mo'ljallangan. Unga ko'ra, portugaliyalik yiliga 30 mln evro maosh oladi. Faqatgina "Yuventus" Ronalduning transfer mablag'ini o'tkazib bersa bo'lgani. Jorje Mendesh transfer borasida ishlamoqda", - deb yozadi Romano.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: soccernews.ru