"Yuventus" rahbariyati "Real" vakillari bilan uchrashib olmoqchi

12 apr 2016, 23:00
Turinning "Yuventus" klubi "Real"ning ikkita futbolchisini o'z safiga qo'shib olishga bel bog'lagan.


"Yuventus" klubi rahbariyati yaqin orada "Real" rahbariyati bilan uchrashib, Moratani ortga qaytarish variantidan voz kechishlariga undamoqchi. Shuningdek, ular uch hafta ilgari Isko uchun 30 million evro taklif qilishgandi. Bu taklifni yana o'zgartirib, 40 million evro evaziga Iskoni Turinga olib ketishmoqchi. "Yuve" "Portu"dan kelgan himoyachi Daniloni ham o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ular himoyachi uchun 25 million evrodan voz kechishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tutto Juve