"Yuventus" o'z futbolchisini Ronaldu klubiga aql bovar qilmas narxga sotadi

Alisher
23 iyun 2024, 20:56
"Yuventus" posboni Voycex Shensni "Al Nassr"ga o'tishga yaqin.

Saudiya klubi polshalik darvozabon uchun 40 million evro to'laydi. Bu o'yinchining yoshi (34), amaldagi shartnoma muddati (2025 yilning yoziga qadar) va narxini (6 million evro) hisobga olganda aql bovar qilmas hisoblanadi.

Posbonning o'zi "Al Nassr"da ikki yillik shartnoma va yiliga 19 million evro maosh oladi.

Qayd etish kerakki, Voycex Shensni "Yuventus"da 2017 yilning yozida "Arsenal"dan o'tganidan beri harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport