"Yuventus" o'z futbolchisini 60 mln. evroga sotishga rozi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2018, 11:27
"Yuventus" klubi hujumchi Gonsalo Iguainni "Chelsi"ga 60 mln. evro evaziga sotishga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, Iguainga "Chelsi"ning bo'lajak bosh murabbiyi Mauricio Sarri qiziqish bildirmoqda. Sarri "Napoli"da argentinalik bilan birga ishlagan.

"Keksa sinora" ushbu transfyerdan tushgan pullarni "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu xaridiga sarflamoqchi.

Oldinroq, Turin klubi Ronalduga mavsumiy maoshi 30 mln. evro bo'lgan 4 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor edi. "Yuventus" bu transfer uchun 100 mln. evro sarflashi kutilmoqda.

Iguain 2 mavsumdan beri "Yuventus" sharafini himoya qilib kelmoqda. U barcha turnirlarda 105ta uchrashuvda maydonga tushib, 55ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Mediaset