"Yuventus" "Lill" vingerini sotib olmoqchi

Alisher Ostonov
17 avg 2025, 14:08
"Keksa sinora" Kosovo terma jamoasining "Lill"dagi 26 yoshli vingeriga so'rov yubordi.

Jegrovaning "Lill" bilan shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. "Yuventus" "Atletiko"ga o'tmoqchi bo'layotgan Nikolas Gonsalesni sotib yuborgan taqdirda, futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Jegrovaga "Marsel" ham da'vogarlik qilmoqda. Vinger o'tgan mavsum Liga 1da 12ta o'yinda 4ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Football Italia