"Yuventus" Disasini ijaraga olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
24 dek 2024
"Yuventus" "Chelsi" markaziy himoyachisi Aksel Disasini qishki transfer oynasi vaqtida ijaraga olmoqchi.

Manbaning xabar berishicha, Italiya klubi rahbariyati londonliklardan futbolchi bo'yicha ma'lumot so'ragan. Shuningdek, ma'lum bo'lishicha "aristokratlar" ustozi Enco Mareska boshqa bir markaziy himoyachi Uesli Fofana jarohatlanganligi tufayli Disasining kyetishiga qarshi.

Eslatib o'tamiz, Disasi "Chelsi"ga 2023 yil yozida 45 mln evro evaziga "Monako"dan ko'chib o'tgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fr.sports.yahoo.com