"Yuventus "Chelsi" futbolchisini ijaraga olishi mumkin

Alisher
5 okt 2020, 14:24
"Chelsi" jamoa himoyachisi Emerson Palmeri bilan xayrlashmoqchi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, London klubi futbolchining "Yuventus"ga ehtimoliy ijara asosida ketishi uchun ochiq.

Qayd etish kerakki, 26 yoshli Palmerining o'zi turinliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi. Futbolchi oldin ham Italiya chempionatida o'ynagan, 2015-2017 yillar davomida "Roma" tarkibida o'ynagan.

Emerson o'tgan mavsum Angliya chempionati doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira