"Yuventus" Bentankurni "Aston Villa"ga 20 million funtga sotishni rad etdi

Alisher
28 yanv 2022, 18:47
"Yuventus" yarim himoyachi Rodrigo Bentankurni "Aston Villa"ga sotmadi.

Turin jamoasi birmingemliklarning 24 yoshli urugvaylik futbolchi borasidagi 20 mln funtlik taklifini rad etdi.

"Yuventus" o'yinchini qimmatroqqa sotmoqchi, sababi bitimdan 30 foizni Rodrigoning sobiq klubi bo'lmish "Boka Xuniors" olishi kerak.

Bentankur 2021/22 yilgi mavsum "Yuventus" tarkibida 26ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports