Yurgen Kloppning “Barselona”dagi taqdiri ma'lum

Khoja
8 fev 2024
“Liverpul” ustozi Yurgen Klopp mavsum yakunidan so'ng “Barselona”da ishlamaydi.

Germaniyalik mutaxassis ancha yillardan beri to'xtovsiz ishlashdan charchagan va bir yil dam olishga qaror qildi.

Uning bu qarorini “Barselona” prezidenti Joan Laporta bilan bo'lgan suhbatdan so'ng ham o'zgartira olmagan.

Eslatib o'tamiz, Klopp ingliz jamoasini to'qqiz yillik faoliyatidan so'ng tark etishini ma'lum qilgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com