Yurgen Klopp: Yarim final - “Roma” uchun katta natija

24 apr 2018, 08:55
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp YCHL yarim finalida “Roma”ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Har ikki jamoa yarim finalda o'ynashga munosib bo'ldi. “Barselona”ga qarshi birinchi o'yindan so'ng “Roma” natijani o'ziga og'dira oldi, ammo menga buni ularning qanday amalga oshirgani yoqdi. Ular oxirgi 7-8 o'yinda turli tarkibda o'tkazdi, ammo baribir ajoyib g'alabaga erishishdi. Ularda rotatsiya uchun variantlar ko'p. Yarim final - “Roma” uchun katta natija, xuddi biz kabi. Bu qadar uzoqqa borishga ko'nikmaganmiz, bu hatto yaxshi. Maydonda ajoyib o'yinga guvoh bo'lasiz”, - deydi Klopp.

“Liverpul” - “Roma” uchrashuvi bugun, 24-aprel kuni bo'lib o'tadi. O'yin 23:45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA.com