Yurgen Klopp: Liverpul men kutganimdan ham yaxshi o'ynadi

Narzulla Saydullayev
12 avg 2018, 23:50
Liverpul bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL 1-turidan o'rin olgan Vest Xemga qarshi o'yindan so'ng (4:0) o'z fikrlarini bildirdi.

Liverpul juda ham ajoyib o'ynadi. Jamoa mavsumga juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rdi.

Biz yaxshi o'ynadik. Juda yaxshi, ammo jamoa men kutganimdan ham yaxshi o'ynadi.

Futbolchilar ajoyib harakat qilishdi, Jeyms Milner va Jorjino Veynaldum ham.

Bugun avgustning o'rtasi, chempionat uzoq davom etadi. Tarkibdagi o'zgarishlar futbolning bir qismi. Tig'iz taqvimga tayyor bo'lishimiz kerak, – deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia