Yurgen Klopp: "Ayni paytda chempionlik haqida o'ylamayapmiz"

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2017, 09:35
"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp hozircha klub chempionlik haqida bosh qotirmayapti.

- Har bir o'yinda kurash olib borayapmiz. Albatta, kubok musobaqalarida g'olib bo'lishni maqsad qilganmiz. Premer-ligada ham shunday, biroq bu juda qiyin. Agar "Chelsi" qolgan barcha o'yinlarda yutsa boshqa klublarda imkoniyat qolmaydi. Biz esa imkon qadar yuqoriroqda bo'lishni istaymiz.

Bizda YCHL uchun kurashish imkoniyati bor, buni amalga oshirishimiz kerak. Hozircha chempionlik haqida o'ylamayapmiz. Kubok o'yinidan keyingina "Chelsi" bilan bahs haqida bosh qotiramiz, - deydi Klopp "Liverpul" klubi rasmiy saytiga.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: liverpoolfc.com