Yozda Kepaning o'rniga "Chelsi" 50 mln evroga darvozabon sotib oladi

Mirjalol Normatov
11 fev 2020, 00:16
"Ayaks" posboni Andre Onana faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishga yaqin turibdi.

"Voetbal Nieuws" xabariga ko'ra, Onana PSJ, "Tottenxem" va "Barselona"dan bo'layotgan qiziqishlarga qaramay yozgi transferlar oynasi vaqtida "Chelsi"ga o'tishga qaror qilgan.

PSJ sport direktori Leonardo ham u bilan shartnoma qilinmasligini ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, Onananing transfer narxi 40-50 mln evro atrofida bo'ladi.

Oldinroq "Chelsi" rahbariyati Kepa Arrisabalaga o'rniga boshqa darvozabon izlayotgani ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Voetbal Nieuws